Bayrutda kuchli yong‘in sodir bo‘ldi

Bayrutda kuchli yong‘in sodir bo‘ldi

Livan poytaxti Bayrut shahridagi portda yana kuchli yong‘in yuz berdi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.

Ta’kidlanishicha, avtomobil shinalari va moylari saqlanadigan omborga o‘t ketgan.

Avvalroq port hududidan yong‘in sodir bo‘lgan joydan bir necha kilometr uzoqlikda ko‘rinadigan qora tutun bulutlari ko‘tarila boshladi, deydi mahalliy aholi vakillaridan biri.

“Hodisa joyida o‘t o‘chiruvchilar ish olib bormoqda, ularga armiya vertolyotlari yordam bermoqda”, - deyilgan xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!