"Bayer" o‘z tarixida birinchi marta Germaniya chempionligini qo‘lga kiritdi!

"Bayer" o‘z tarixida birinchi marta Germaniya chempionligini qo‘lga kiritdi!

Xabi Alonso boshchiligidagi "Bayer" Germaniya chempionligini qo‘lga kiritdi.

42 yoshli murabbiy jamoasi 29-turda "Verder"ni (5:0) mag‘lub etib, Bundesliga mavsumi yakunlanishiga besh tur qolganda yakuniy 1-o‘rinni kafolatladi.

"Bavariya" va "Shtutgart" ham chempionlik unvoniga da’vogarlik qilishi mumkin edi, biroq endi "Bayer"ning raqiblari yetakchiga yetib olish uchun matematik imkoniyatni yo‘qotdi. Alonso shogirdlari turnir jadvalida har ikki raqibdan 16 ochkoga oldinda bormoqda.

Leverkuzen klubi o‘z tarixida ilk bor mamlakat chempioniga aylandi. Ilgari "Bayer" Bundesligada 5 marta mavsum yakunida 2-o‘rinni egallagan, bu 1997, 1999, 2000, 2002 va 2011 yillarda sodir bo‘lgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!