Bayden Ukrainaga 200 million dollardan ortiq yordam ko‘rsatishini e’lon qildi

Bayden Ukrainaga 200 million dollardan ortiq yordam ko‘rsatishini e’lon qildi

AQSh prezidenti Jo Bayden Kiyevga 225 million dollar yordam ajratilishini e’lon qildi.

Bu haqda CNN xabar bermoqda.

«Bayden Ukrainaga 225 million dollar miqdorida yangi yordam paketini e’lon qildi, buning uchun Zelenskiy unga minnatdorchilik bildirdi», — deyiladi agentlik xabarida.

Qayd etilishicha, Bayden ayni damda Fransiyada bo‘lib turgan ukrainalik hamkasbi Vladimir Zelenskiy bilan uchrashuv o‘tkazmoqda.

Xususan, muzokaralarda AQSh Mudofaa vaziri Lloyd Ostin va Davlat kotibi Entoni Blinken ishtirok etmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!