Bayden NATOni ortda qolmaslikka chaqirdi

Bayden NATOni ortda qolmaslikka chaqirdi

AQSh prezidenti Jo Bayden Rossiya o‘zining mudofaa-sanoat kompleksi sur’atini oshirayotgani, Shimoliy Atlantika Shartnomasi Tashkiloti (NATO) ham ortda qolmasligi kerakligini aytdi.

«Qalqonni qanday mustahkamlashimiz mumkin? Birgina javob sanoat bazamizni mustahkamlash bo‘lishi kerak. Mudofaa ishlab chiqarishiga kelganda Rossiya hozir urush holatida. U qurol-yarog‘, o‘q-dorilar va transport vositalari ishlab chiqarishni sezilarli darajada oshirmoqda», - dedi Amerika rahbari Vashingtonda bo‘lib o‘tayotgan NATO sammitining birinchi ishchi sessiyasida. Bayden yana Rossiya Federasiyasi Xitoy, Shimoliy Koreya va Erondan yordam so‘rashini ta’kidladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!