Bayden NATO davlatlarining Rossiyaga qarshi koalisiyasini saqlab qolishini e’lon qildi

Bayden NATO davlatlarining Rossiyaga qarshi koalisiyasini saqlab qolishini e’lon qildi

AQSh prezidenti Jo Bayden Qo‘shma Shtatlar va NATO Ukrainani qo‘llab-quvvatlash va Rossiyaga qarshi turish uchun davlatlar koalisiyasini saqlab qolishiga ishonch bildirdi. Bu haqda u saylovoldi poygasidan chiqish qaroriga bag‘ishlangan telemurojaatida ma’lum qildi, deb yozadi «TASS» .

«Biz NATOni mustahkamlashda davom etamiz va men ittifoqni tariximizda har qachongidan ham kuchliroq va birdamroq qilaman», dedi Bayden.

U, shuningdek, Rossiyaning Ukraina mojarosida g‘alaba qozonishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun Qo‘shma Shtatlar «g‘ururlangan davlatlar koalisiyasining birligini ta’minlashda» davom etishini aytdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!