"Barselona" "Atletik"ka yutqazib, Ispaniya Kubogini tark etdi

"Barselona" "Atletik"ka yutqazib, Ispaniya Kubogini tark etdi

Ispaniya kubogi 1/8 finali doirasida “Barselona” “Atletik”ka imkoniyatni boy berib, turnirni tark etdi.

Asosiy vaqt 2:2 hisobida yakunlandi. Bilbao klubi o‘yinning 2-daqiqasidayoq hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. Biroq birinchi bo‘lim o‘rtalarida kataloniyaliklar hisobni tenglashtirishdi. “Atletik” 86-daqiqada yana oldinga chiqib oldi, “Barsa” esa o‘yin oxirlarida hisobni yana tenglashtirdi. Qo‘shimcha bo‘limlarning dastlabkisida esa “Atletik” penaltini golga aylantirdi va bu turnirning 1/4 finaliga chiqish uchun yetarli bo‘ldi.

"Atletik" - "Barselona" 3:2

Gollar: Muniain, 2 - 1:0, Ferran Torres, 20 - 1:1, Martines, 86 - 2:1, Pedri, 90 - 2:2, Muniain (pen), 105 - 3:2

"Atletik": Agirresabala, De Markos (Lekue, 105), Martines, Vivian, Berchiche (Balensiaga, 90), Dani Garsiya, Vesga (Nolaskoayn, 117), Raul Garsiya (Berenger, 79), Sanset (Uilyams, 52), Uilyams (Sarraga, 110), Muniain.

"Barselona": ter Shtegen, Pike, Arauxo, Alba, Buskets, Pedri (Breytueyt, 105), Gavi (de Yong, 61), Dani Alves, Judjla (Fati, 61; Dest, 96), Ezzalzuli (Niko Gonsales, 46), Ferran Torres.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!