Bank foydasiga 4,4 mlrd. qarzdorlik evaziga bino inshootlar sotildi

Bank foydasiga 4,4 mlrd. qarzdorlik  evaziga bino inshootlar sotildi

Byuroning Yashnobod tuman bo‘limi ish yurituvida, Toshkent tumanlararo Iqtisodiy sudining 30.07.2020 yildagi ijro hujjatiga asosan, qarzdor mas’uliyati cheklangan jamiyatdan undiruvchi TIF Milliy bank  foydasiga jami 4  mlrd. 418 mln. 545 ming so‘m miqdorida qarz undirish ijro ishi mavjud bo‘lib, ijro hujjati 04.08.2020 yilda bo‘lim ish yurituviga kelib tushgan va davlat ijrochisi N.Davlatov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining 23-moddasiga asosan ijro ishi yuritish qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan ijro harakatlari davomida Qonunning 21, 87-moddalariga asosan qarzdorga tegishli barcha (valyuta, maxsus, blok va ikkilamchi) hisob varaqalar, asosiy vositalar ro‘yxati, debit-kreditor qarzdorlikni tasdiqlovchi hujjatlar o‘rganilib, qarzdorga berilgan ixtiyoriy muddatdan so‘ng unga tegishli mol-mulklarga band solingan.  

Shuningdek, qarzdor tadbirkorga tegishli Toshkent shahar, Yashnobod tumani, Jarqo‘rg‘on ko‘chasida joylashgan omborxona tegishli tartibda xatlangan va davlat ijrochisining 21.10.2020 yilda asosan mol-mulkni elektron onlayn-auksionda sotish uchun qaror qabul qilingan.

Ijro harakatlari davomida qarzdorga tegishli ko‘chmas mulk sotilib, undiruvchi TIF Milliy bank  foydasiga jami 4  mlrd. 418 mln. 545 ming so‘m pul mablag‘lari undirib berildi va ijro ishi O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining 23-moddasiga asosan tamomlandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!