Bali 14 fevraldan xorijliklardan turistik yig‘im undirishni boshlaydi

Bali 14 fevraldan xorijliklardan turistik yig‘im undirishni boshlaydi

Indoneziyaning Bali oroli hukumati 14 fevraldan xorijiy fuqarolardan turistik yig‘im undirishni boshlaydi. Bu haqda “Spot.uz” nashri xabar berdi.

Baliga tashrif buyurgan xorijliklar uchun bir martalik to‘lov o‘tgan yili e’lon qilingandi. Viloyat hukumati bu haqdagi qarorni noyabr oyida tasdiqlagandi.

To‘lov 150 ming Indoneziya rupiyasini "Love Bali” portali orqali onlayn to‘lovni amalga oshirish mumkin.

To‘lov uchun “Visa”, “Mastercard”, “American Express”, “JCB” va Indoneziya milliy “BCA” kartalari yoki bank o‘tkazmalari qabul qilinadi. To‘lovdan so‘ng sayyoh tasdiqlash uchun QR-kodli kvitansiya oladi.


Shuningdek, to‘lov “Denpasar” aeroporti va “Benoa” portidagi maxsus kiosklar orqali ham qabul qilinadi. Bundan tashqari, mahalliy hokimiyatlar mehmonxonalar va sayyohlik nuqtalarida inkassasiya kolleksiyalarini ishga tushirmoqchi.

Indoneziya turizm va kreativ iqtisodiyot vaziri Sandiaga Unoning aytishicha, olingan mablag‘lar orolda transport va infratuzilmani rivojlantirishga yo‘naltiriladi. Bundan tashqari, yig‘im orqali mahalliy madaniyat qo‘llab-quvvatlanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!