Ayrim pensionerlarning plastik kartalariga pul mablag‘lari tushirilishida nosozliklar kuzatilgan — Xalq banki rasmiy xabari

Ayrim pensionerlarning plastik kartalariga pul mablag‘lari tushirilishida nosozliklar kuzatilgan — Xalq banki rasmiy xabari

Ayrim pensionerlarning plastik kartalariga pul mablag‘lari tushirilishida nosozliklar kuzatilgan — Xalq banki rasmiy xabari.

Ijtimoiy tarmoqlarda faol muhokamalarga sabab bo‘layotgan mazkur holat yuzasidan Xalq banki Rasmiy munosabat bildirdi.

Unga ko‘ra, Xalq banki tizimida pensiya mablag‘larining yuklanishi jarayonida texnik nosozlik yuzaga kelganligi sababli ba’zi pensionerlarning bank kartalariga kirim qilingan mablag‘lar "bekor qilingan" holati yuzaga kelgan.

Mazkur holat jami pensiya oluvchilarning 3%da kuzatilgan. Hozirda ushbu xatoliklar bartaraf etilib, "bekor qilingan" pul mablag‘lari bank kartalarga qaytarilmoqda.

"Eslatib o‘tamiz, barcha pensiya oluvchilarga, shu jumladan, yuqoridagi muammoga duch kelgan mijozlarga ham pensiya mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-5102-sonli qaroriga asosan, o‘zgarishsiz oyning 5-sanasigacha tushirib beriladi", - deyiladi xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!