Atoqli shoir Maxtumquli haqida film yaratiladi

Atoqli shoir Maxtumquli haqida film yaratiladi

O‘zbekiston va Turkmaniston kino ustalari hamkorligida atoqli shoir va mutafakkir Maxtumquli haqida film yaratiladi.

Bugun Renessans kinouyida Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi direktori Turkmaniston televideniye, radioeshittirish va kinematografiya bo‘yicha davlat ko‘mitasi raisi o‘rinbosari Annasaxet Kakayev hamda O‘g‘uzxon nomidagi «Turkmanfilm» kinostudiyasi direktori o‘rinbosari Saxisalix Bayramov bilan onlayn uchrashuv o‘tkazdi.

Unda shuningdek, Agentlik direktor o‘rinbosari Shuhrat Rizayev, "O‘zbekfilm" kinokonserni direktori Bahodir Odilov va kinorejissyor Muzaffarxon Erkinov ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida tomonlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Buyuk turkman shoiri va mutafakkiri Maxtumquli Firog‘iy tavalludining 300 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida" Qarori ijrosini ta’minlash bo‘yicha muzokara olib bordi. Unga ko‘ra, davlat buyurtmasi asosida O‘zbekiston va Turkmaniston kino ustalari hamkorligida Maxtumquli Firog‘iyga bag‘ishlangan badiiy film yaratish muhokama qilindi.

Bundan tashqari, ikki davlat o‘rtasida madaniy-ma’rifiy tadbirlar va kino kunlarini o‘tkazish, festivallardagi ishtirok va boshqa shu kabi masalalar borasida so‘z bordi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!