“Arqbuloq” bojxona posti xodimlari tadbirkorlarga amaliy yordam ko‘rsatmoqda

“Arqbuloq” bojxona posti xodimlari tadbirkorlarga amaliy yordam ko‘rsatmoqda

Mamalkatimizda aholini ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojlarini kafolatli ta’minlash hamda narx-navolar asossiz oshishini oldini olish borasida aniq maqsadli choralar amalga oshirilib, aholini yetarli miqdorda oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash bo‘yicha barcha zarur choralarni ko‘rib borilmoqda.

Bugungi kunda aholini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash, ichki bozordagi narxlarni barqarorlashtirish hamda ushbu mashulotlarning importi bilan shug‘ullanayotgan tadbirkorlarga bojxona rasmiylashtiruvi bilan bog‘liq masalalar hususida yaqindan ko‘maklashish maqsadida Toshkent shahar bojxona boshqarmasining “Arqbuloq” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona xodimlari tomonidan joylarda tadbirkorlar bilan uchrashuvlar tashkil etib borilmoqda.

Ana shunday uchrashuvlarning navbatdagisida bojxona posti boshlig‘i K.Xakimov va post mas’ul xodimlari tomonidan Toshkent shahrining Sirg‘ali tumanida joylashgan “BEEF NEW TRADE” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga tashrif buyurishdi.

Uchrashuvda korxona faoliyati, korxona tomonidan import qilingan go‘sht mahsulotlarini saqlash sharoitlari, ularni ichki bozorga yo‘naltirish hamda tovarlarni bojxona nazorati va rasmiylashtiruvi bilan bog‘liq masalalari o‘rganilib, mahsulotlarni import qilish bilan bog‘liq har qanday holatlarda post xodimlari amaliy yordam ko‘rsatishga tayyor ekanlinlari ta’kidlashdi.

Bu kabi uchrashuvlar oziq-ovqat mahsulotlari importi bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik sub’ektlari muammolarini o‘z vaqtida aniqlab, tovarlarni rasmiylashtiruvi mobaynida ularga sifatli bojxona operasiyalarini ko‘rsatishga xizmat qiladi.

Komil Qodirov,

“Arkbuloq” bojxona posti inspektori


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!