“ArMI-2021”: “Sodiq do‘st” musobaqasida o‘zbekistonlik harbiylar yana yangi rekordga o‘rnatishdi

“ArMI-2021”: “Sodiq do‘st” musobaqasida o‘zbekistonlik harbiylar yana yangi rekordga o‘rnatishdi

“ArMI-2021” Xalqaro armiya o‘yinlarining Jazoirda o‘tkazilayotgan “Sodiq do‘st” musobaqasi ham tobora qizg‘in tus olmoqda. Ayni paytda ikkinchi bosqichdan keyingi natijalarga ko‘ra, O‘zbekiston Mudofaa vazirligi erkaklar jamoasi 9 ball, ayollar jamoasi esa 6 ball bilan birinchi o‘rinlarda borishyapti.

Shuningdek, vakillarimiz “Sodiq do‘st” tanlovida joriy yilgi ilk rekordni ham o‘rnatishning uddasidan chiqdi. Ya’ni serjant Ulug‘bek Nurillayev 300 metr masofadagi to‘siqlarni xizmat iti bilan yengib o‘tish yo‘lagida 1ʻ13“91”ʻ vaqt sarfladi. Ushbu rekord O‘zbekiston Mudofaa vazirligi erkaklar jamoasiga o‘zlari bilan bir xil ball to‘plagan Rossiya jamoasidan ustunlik berdi.

“ArMI-2021”: “Sodiq do‘st” musobaqasida o‘zbekistonlik harbiylar yana yangi rekordga o‘rnatishdi “ArMI-2021”: “Sodiq do‘st” musobaqasida o‘zbekistonlik harbiylar yana yangi rekordga o‘rnatishdi “ArMI-2021”: “Sodiq do‘st” musobaqasida o‘zbekistonlik harbiylar yana yangi rekordga o‘rnatishdi

Keyingi o‘rinlarda mos ravishda Belarus, Jazoir hamda Vyetnam bormoqda.

Mazkur musobaqaning ayollar o‘rtasidagi bellashuvlarida ham o‘zbekistonliklar peshqadamlik qilishyapti. Jumladan, kontrakt bo‘yicha xizmatchi oddiy askar Diyora Valijonova yuqoridagidek bahsda 1ʻ31“49”ʻvaqt bilan tanlovda ishtirok etayotgan 3 ta jamoa ichida eng yaxshi ko‘rsatkichni qayd etdi.

“ArMI-2021”: “Sodiq do‘st” musobaqasida o‘zbekistonlik harbiylar yana yangi rekordga o‘rnatishdi

Keyingi o‘rinlarni esa Rossiya hamda Jazoir ayollar jamoasi band qilishgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!