Armaniston poytaxtida Pashinyan hukumatiga qarshi navbatdagi norozilik namoyishi bo‘lib o‘tdi

A A A
Armaniston poytaxtida Pashinyan hukumatiga qarshi navbatdagi norozilik namoyishi bo‘lib o‘tdi

Nikol Pashinyan hukumatining siyosatiga qarshi yuzlab odamlar Yerevan markazidagi Respublika maydonida mitingga to‘planishdi. Maydon yaqinida joylashgan hukumat binolari xavfsizlik kuchlari tomonidan qo‘riqlamoqda.

Miting boshlanishidan avval muxolifat yetakchisi, Arman apostol cherkovi arxiyepiskopi Bagrat Galstanyan Bagrat ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida rus va ingliz tillarida murojaat e’lon qildi.

"Armanistonning amaldagi hukumatining siyosati faqat yolg‘onga asoslangan va jarayonlarning sog‘lom mantig‘ini buzmoqda. Konstitusiya va qonunlarni oyoq osti qilib, Armaniston xavfsizligiga yangi tahdidlarni keltirib chiqarmoqda. Bizning e’tiqodimiz - demokratiya! Inson huquqlarini rostakamiga himoya qilish!", — deyilgan Galstanyanning murojaatida


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!