Argentina prezidenti Ispaniya bosh vazirini yolg‘onchi va qo‘rqoq deb atadi

Argentina prezidenti Ispaniya bosh vazirini yolg‘onchi va qo‘rqoq deb atadi

Argentina va Ispaniya o‘rtasidagi diplomatik janjal kuchayib bormoqda. Bu haqda report yozdi.

Xabarda aytilishicha, Argentina prezidenti Xavyer Miley Ispaniya bosh vaziri Pedro Sanchesni «qobiliyatsiz yolg‘onchi va qo‘rqoq» deb atagan. Bunga sabab Ispaniya tashqi ishlar vaziri Xosé Manuél Albáresning Buenos-Ayresdagi elchisini maslahatlashuvlar uchun chaqirib olgani.

«Bu qobiliyatsiz odam. U yolg‘onchi, qo‘rqoq. U o‘z vazirlarini mening ustimga tashladi va saylov kampaniyasi vaqtida Argentina siyosatiga aralashdi», dedi Argentina yetakchisi.

Eslatib o‘tamiz, Argentina prezidenti Xavyer Miley Ispaniya bosh vaziri Pedro Sanchesning rafiqasi Begonya Gomesni korrupsioner deb atagandi. Shundan so‘ng Ispaniya Argentina prezidentidan uzr so‘rashni talab qildi va o‘z elchisini chaqirib oldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!