"AQShning Ukraina, Isroil va Tayvanga yordami inqirozni yanada kuchaytiradi"

"AQShning Ukraina, Isroil va Tayvanga yordami inqirozni yanada kuchaytiradi"

Rossiya Tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Mariya Zaxarova o‘zining Telegram sahifasida AQShning Ukraina, Isroil va Tayvanga mumkin bo‘lgan moliyaviy va harbiy yordami inqirozni yanada kuchaytiradi, deb ta’kidladi.

"AQSh tomonidan Ukraina, Isroil va Tayvanga harbiy yordam ajratilishi global inqirozni yanada kuchaytiradi", deb yozadi u.

Zaxarovaning ta’kidlashicha, Kiyev rejimiga harbiy yordam terrorchilik faoliyatiga bevosita homiylikdir.

"Tayvanga - Xitoyning ichki ishlariga aralashish, Isroilga - mintaqada misli ko‘rilmagan keskinlashuvning kuchayishiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘l", deya qo‘shimcha qildi u.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!