AQShning BMTdagi doimiy vakili lavozimiga nomzod topildi

AQShning BMTdagi doimiy vakili lavozimiga nomzod topildi

Bo‘shab qolish ehtimoli mavjud bo‘lgan AQShning BMTdagi doimiy vakilligiga munosib nomzod aniqlandi.
 
Xabarlarga ko‘ra, prezident Donald Tramp AQShning Kanadadagi elchisi Kelli Kraft nomzodini mamlakatning BMTdagi doimiy vakili lavozimiga tayinlanishi masalasini ko‘rib chiqmoqda. Jumladan, Tramp u bilan bir nechta uchrashuvlar ham o‘tkazgan.
 
Ma’lumot uchun, AQShning BMTdagi doimiy vakili Nikki Xeyli tez orada iste’foga chiqishi haqida ma’lum qilgan edi.
 
Ta’kidlash joizki, AQSh prezidentining milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha maslahatchisining sobiq o‘rinbosari Dina Pauell, Donald Trampning qizi Ivanka Tramp va sobiq senator hamda demokrat Jo Liberman Nikki o‘rnini egallashi mumkin bo‘lgan nomzodlar sifatida taxmin qilinayotagan edi.

Manba: qalampir.com


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!