“AQShdan yangi yordam paketi tufayli g‘alaba qozonish imkoniyatiga ega bo‘lamiz”

“AQShdan yangi yordam paketi tufayli g‘alaba qozonish imkoniyatiga ega bo‘lamiz”

“AQShdan yangi yordam paketi tufayli g‘alaba qozonish imkoniyatiga ega bo‘lamiz", dedi Zelenskiy NBC News telekanaliga bergan intervyusida.

Ukraina prezidenti suhbat davomida bir qancha fikrlarni ham bildirib o‘tdi.

"Agar Amerika yordamini yetkazib berish kechiktirilsa, Ukraina zarar ko‘radi. AQSh armiyasi endi NATO davlatlarini himoya qilish uchun jang qilishi shart emas. Buni ukrainaliklar qiladi" dedi Zelenskiy.

Shuningdek, u “Biz askarlar oldinga siljishi uchun yordam olishimiz kerak. Bizga frontda odamlarni yo‘qotmaslik uchun uzoq masofali qurollar kerak" deya ta’kidladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!