AQShdagi kazinoda bir kunda 200 kishi norovirus bilan kasallandi

AQShdagi kazinoda bir kunda 200 kishi norovirus bilan kasallandi

AQShning Luiziana shtati Leyk-Charlz shahridagi kazinoga tashrif buyurganlarning kamida 200 nafari norovirus bilan kasallandi. «RBK»ning yozishicha, bu haqda mahalliy WVUE telekanali davlat sog‘liqni saqlash boshqarmasi direktori Leysi Kavanoga tayanib xabar berdi.

Kavanoning so‘zlariga ko‘ra, virus juda yuqumli. «Ayni paytda bu qanday boshlanganligi muhim emas, chunki hozir virusning jamiyatda tarqalishini kuzatmoqdamiz», — degan u. Shuningdek, odamlar kasallik belgilari paydo bo‘lganida va ular yo‘qolganidan 3 hafta davomida ham norovirus tashuvchilari bo‘lishi mumkinligini ta’kidlagan.

Norovirus oshqozon-ichak infeksiyasi rivojlanishining sabablaridan biridir. Bunday infeksiyalar qusish, ich ketishi, tana haroratining ko‘tarilishi kabi aniq belgilar bilan namoyon bo‘ladi. Qolaversa, virus juda yuqumli bo‘lib, ovqatlanish, suyuqlik ichish, shuningdek, uy-ro‘zg‘or buyumlari, idishlar, yuvilmagan qo‘llar orqali yuqishi mumkin.

AQShda norovirus bilan ommaviy kasallanish 2019 yilning yanvar oyida Amerika kruiz kemasida ham kuzatilgandi. Kema bortidagi 270 dan ortiq yo‘lovchi norovirusga chalingandan so‘ng, kruiz Kanaveral portiga muddatidan oldin qaytgan.

Avvalroq Makao hukumati koronavirus tarqalish xavfi tufayli barcha kazinolar faoliyatini ikki haftaga to‘xtatishga qaror qilgani xabar berilgan edi. Hukumat Makaoda 10-odam koronavirus bilan kasallangani ma’lum qilingach shunday qarorga kelgan


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!