AQSh Yaqin Sharqqa qo‘shimcha kuchlar yuboradi

AQSh Yaqin Sharqqa qo‘shimcha kuchlar yuboradi

AQSh ehtimoliy urush fonida Yaqin Sharqqa qo‘shimcha kuchlar yubormoqda. Bu haqda AQSh mudofaa vazirligidagi manbaga tayanib, France24 xabar berdi.

AQSh Eron Isroilga hujum qilishi mumkinligidan xavotiri kuchaygani sabab Yaqin Sharqqa qo‘shimcha kuchlar yuborayotganini e’lon qildi.

Biz mintaqaviy jilovlash sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlash va AQSh kuchlari himoyasini kuchaytirish uchun mintaqaga qo‘shimcha kuchlarni olib boryapmiz”, — dedi AQSh Mudofaa vazirligining anonim rasmiysi.

U vazirlik Eronning Isroilga qarshi keng ko‘lamli hujumidan qo‘rqishini ta’kidladi. 12 aprel kuni Isroil mudofaa vaziri Yoav Gallant va AQSh generali Erik Kurilla bilan Eronning Isroilga ehtimoliy hujumiga tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan uchrashuv o‘tkazdi.

Gallant idorasi bayonotiga ko‘ra, Eronning Isroilga qarshi hujumi mintaqaviy keskinlashuvga olib kelishi mumkin. Bunga esa aslo yo‘l qo‘yib bo‘lmasligi ta’kidlanib, Isroilni qo‘llab-quvvatlagani uchun Gallant AQShga minnatdorlik bildirgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!