“AQSh va Buyuk Britaniya bilvosita kuchlar orqali ISHIDni qo‘llamoqda” — Rossiya prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha vakili

“AQSh va Buyuk Britaniya bilvosita kuchlar orqali ISHIDni qo‘llamoqda” — Rossiya prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha vakili

AQSh va Buyuk Britaniya maxsus kuchlar va mahalliy proksi kuchlar orqali Afg‘onistondagi ISHIDni qo‘llab-quvvatlamoqda. Bu haqda Rossiya prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha vakili Zamir Kabulov bergan bayonotga asoslanib, Tasnim News xabar berdi.

Zamir Kabulov Vashington va Londonni ISHIDni qo‘llab-quvvatlashda ayblagan. Maxsus guruhlar yordami bilan Afg‘oniston janubidagi jangarilarga qurol va mablag‘lar berilayotgani bildirilgan.

G‘arb, shuningdek, Afg‘onistonda ISHIDdan boshqa kuchlarni ham rag‘batlantirayotgani da’vo qilingan. Bunday harakatdan maqsad esa “Tolibon”ga bosim o‘tkazish. AQSh “Tolibon”ga muqobil guruhlarni shakllantirish orqali uning hokimiyatini cheklash va geosiyosiy ta’siriga qayta olishga urinayotgani bildirilgan.

Rossiya vakili Kabulovga ko‘ra, G‘arbning afg‘on davlat aktivlarini tortib olish va “Tolibon”ning moliyaviy va iqtisodiy imkoniyatlarini cheklash bo‘yicha harakatlari uning Afg‘onistondagi terrorchilik tahdidlariga qarshi kurashish imkoniyatiga salbiy ta’sir etmoqda. “Tolibon” terrorizmga qarshi kurashda to‘liq imkoniyatlarini safarbar eta olmayapti.

Manbada aytilishicha, Moskva “xalqaro miqyosda tan olinmagan Afg‘oniston hukumatiga terrorizmga qarshi kuchlarni tayyorlashda yordam bermoqda. Rossiya rasmiysi ayni damda Moskva terrorizmga qarshi kurashda “Tolibon” va mintaqaning barcha mamlakatlari uchun asosiy hamkor ekanligini ta’kidlagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!