AQSh ukrainaliklar hibsga olinishi munosabati bilan Rossiyaga «azob-uqubat va oqibatlar» va’da qildi

AQSh ukrainaliklar hibsga olinishi munosabati bilan Rossiyaga «azob-uqubat va oqibatlar» va’da qildi

AQSh Davlat departamenti vakilining ma’lum qilishicha, yaqin vaqt ichida Kerch bo‘g‘ozida ushlangan Ukraina harbiy-dengiz kuchlari dengizchilari ozod qilinmasa, Rossiya «azob-uqubat va oqibatlarga» duch keladi. Bu haqda "daryo.uz" xabar bermoqda.

«Biz rossiyaliklar ekipajni ozod qilishlari zarurligi to‘g‘risidagi xabarni qabul qilib olishlarini xohlaymiz, aks holda oqibatlar bo‘ladi hamda azob-uqubat vaqt o‘tishi sayin faqat kuchayib boradi», - deya ma’lum qildi Amerika tashqi siyosat idorasi vakili.

Uning ta’kidlashicha, Amerika rahbariyati Ukraina kemalari qo‘lga olinganiga ko‘z yumib turishni rejalashtirmayapti hamda bu ogohlantirish Rossiyaga «tajovuzkor xatti-harakatlari»ga javoban doimiy xabar sanaladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina tashqi ishlar vaziri Rossiyaga qarshi «eng yaxshi sanksiya»ni ma’lum qilgandi.

«Biz «Shimoliy oqim - 2»ni to‘xtatish kerakligi haqida gapirgandik. Aynan shu Rossiyaga qarshi eng yaxshi sanksiya bo‘ladi», - dedi Pavel Klimkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!