AQSh Shimoliy Koreyada qancha yadro va kimyoviy qurol borligini aytdi   

AQSh Shimoliy Koreyada qancha yadro va kimyoviy qurol borligini aytdi   

Shimoliy Koreya qurollanishida 60 tagacha yadro bombasi va 5 ming tonna kimyoviy qurol bor. Bu haqda AQShning harbiy ma’ruzasida e’lon qilindi.

“Shimoliy Koreyaning yadro quroli haqidagi ma’lumotlar farqlanib, ularga ko‘ra, mamlakatda 20 tadan 60 tagacha yadro bombasi hamda har yili shunday quroldan 6 tadan ishlab chiqarish imkoniyati bor”, deyilgan hujjatda. Ma’ruza mualliflarining qo‘shimcha qilishicha, ekspertlarning fikricha, 2020 yil oxirigacha Shimoliy Koreya 100 tagacha jangovar kallak ishlab chiqarishi mumkin. 

Amerikalik harbiylarning fikricha, Pxenyan bunday hajmdagi qurol zaxiralarini mamlakatdagi tuzumni boshqa davlatlar tomonidan o‘zgartirishga urinishlar holatiga saqlaydi. Ekspertlarning ta’kidlashicha, Shimoliy Koreya har qanday ixtilofda bakteriologik qurol qo‘llashi mumkin. Ma’lum qilinishicha, raketaga o‘rnatilgan bir funt (454 gramm) sibir kuydirgisi 50 minggacha odamni yo‘q qilishi mumkin.

Avvalroq Shimoliy Koreyaning yadro ishlanmalari haqida BMT ham ma’ruza tayyorlagandi. BMT ma’lumotlariga ko‘ra, Pxenyan o‘tkazilgan oxirgi 6 yadro sinovi natijasida kichik o‘lchamli yadro qurilmasini yaratishga muvaffaq bo‘lgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!