AQSh senatori to‘rt soat davomida nutq so‘zlab, Ukrainaga yordam berish to‘g‘risidagi qonun loyihasiga qarshi chiqdi

AQSh senatori to‘rt soat davomida nutq so‘zlab, Ukrainaga yordam berish to‘g‘risidagi qonun loyihasiga qarshi chiqdi

Amerikalik senator Mayk Li Kongress yuqori palatasi minbaridan to‘rt soat davomida tinimsiz so‘zlab, Ukrainaga yordam berish to‘g‘risidagi qonun loyihasiga norozilik bildirdi.

“Ukraina qachon 51-shtat sifatida qabul qilinganini kimdir menga aytsin. Men bu kunni o‘tkazib yuborgan bo‘lsam kerak", — deya uning so‘zlarini keltiradi RIA Novosti.

Senatorning nutqi 3 soat 56 daqiqa davom etdi. Qonun loyihasini bloklash uchun har bir bosqichda 100 tadan 41 ta senator ovoz berishi kerak.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!