AQSh noqonuniy muhojirlar masalasini uchinchi davlatlar bilan muhokama qilishi kerak – Meksika prezidenti

AQSh noqonuniy muhojirlar masalasini uchinchi davlatlar bilan muhokama qilishi kerak – Meksika prezidenti

Qo‘shma Shtatlar hujjatsiz muhojirlarni o‘zlari kelgan uchinchi davlatlar, jumladan Kuba va Venesuela bilan deportasiya qilish bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar olib borishi kerak. Bu haqda Meksika prezidenti Andres Manuel Lopes Obrador payshanba kuni bo‘lib o‘tgan kundalik matbuot anjumanida ma’lum qildi, deya xabar beradi Xinhua axborot agentligi.

Uning qayd etishicha, Vashingtonning bu davlatlar bilan aloqalari yomon, ammo migrasiya bo‘yicha muzokaralar ularni yaxshilashga yordam beradi.

“Biz hamma bilan juda yaxshi munosabatda bo‘lganimiz uchun kelishuvlarimiz bor va biz Meksikadan istalgan davlatga migrantlarni jo‘natishimiz mumkin”, — dedi A.M. Lopes Obrador.

U AQSh prezidenti Jozef Bayden Qo‘shma Shtatlardan boshpana so‘rash uchun AQSH-Meksika chegarasini kesib o‘tadigan odamlar sonini keskin cheklovchi farmonni imzolaganidan keyin ketma-ket ikkinchi kun migrasiya bo‘yicha bayonot berdi.

Turli mamlakatlardan kelgan muhojirlar AQShga yetib borishga urinayotgan Meksikaga shimoliy qo‘shnisining, ayniqsa chegara yaqinidagi migrasiya siyosatidagi o‘zgarishlar kuchli ta’sir ko‘rsatmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!