AQSH-Meksika chegarasi yaqinidagi noqonuniy muhojirlar joylashgan markazlar 245 foizga to‘lgan

AQSH-Meksika chegarasi yaqinidagi noqonuniy muhojirlar joylashgan markazlar 245 foizga to‘lgan

AQSH-Meksika chegarasi yaqinidagi noqonuniy muhojirlar joylashgan markazlar 245 foizga to‘lgan, deya xabar beradi New York Post.

Gap San-Diyego hududi haqida ketmoqda. Juma holatiga ko‘ra, 750 kishiga mo‘ljallangan muassasalarda 1812 nafar noqonuniy muhojir saqlanmoqda.

“Migrantlar oqimi va ularni atigi 72 soat ushlab turish mumkinligini inobatga olsak, sentyabr oyidan beri 125 mingdan ortiq muhojir San-Diyego ko‘chalariga qo‘yib yuborildi”, — deyiladi nashrda.

Qo‘shma Shtatlar so‘nggi oylarda noqonuniy migrasiyaning rekord darajasini qayd etdi. Bundan tashqari, Jo Bayden prezidentligining barcha uch yili davomida noqonuniy muhojirlarning rekord soni qayd etilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!