AQSh Isroilga 18 milliard dollarlik qurol yetkazib bermoqchi

AQSh Isroilga 18 milliard dollarlik qurol yetkazib bermoqchi

AQSh prezidenti Jo Bayden ma’muriyati Isroilga qurol-yarog‘ yetkazib berishni ko‘paytirishni va 18 milliard dollarlik yordam paketini ajratishni rejalashtirmoqda. Ushbu yordam Boeing kompaniyasining 25 dona F-15 samolyotini o‘z ichiga oladi, deb xabar bermoqda Reuters manbalariga tayanib.

Isroilning qiruvchi samolyotlar so‘rovi AQSh rasmiy so‘rovni olgan 2023 yil yanvaridan beri ko‘rib chiqilmoqda. Ushbu savdo Tel-Avivga arsenalidagi samolyotlar umumiy sonini 50 taga yetkazish imkonini beradi.

Agentlik manbalaridan biri Bayden ma’muriyati Isroil iltimosini qo‘llab-quvvatlaganini aytdi. Respublikachilar palatasi spikeri Maykl Makkol ham Tel-Avivga samolyot yetkazib berishni qo‘llab-quvvatlashini aytdi.

"Ma’muriyat va Kongress o‘rtasida F-15 masalasi bo‘yicha munozaralar allaqachon bo‘lib o‘tgan", - dedi manbalar nashrga. Agentlikning qayd etishicha, samolyot yetkazib berishni tezlashtirish o‘tgan hafta Vashingtonga tashrif buyurib, AQSh rasmiylari bilan muzokaralar o‘tkazgan Isroil mudofaa vaziri Yoav Galantning asosiy talablaridan biri bo‘lgan.

Reuters manbalaridan biri samolyotlar yetkazib berilishi mumkin bo‘lgan eng erta vaqt 2029 yil bo‘lishini hamda ushbu rasmiy xabar Kongressga zudlik bilan yuborilib, darhol tasdiqlanishini nazarda tutishini ma’lmu qilgan.

Yordam ajratish to‘g‘risidagi qaror AQSh prezidenti Jo Baydenning obro‘siga yanada putur yetkazishi mumkin. Siyosatchi xorijlik hamkorlar, inson huquqlari guruhlari va Kongressdagi demokrat hamkasblari tomonidan Isroilning G‘azo sektoridagi hujumini cheklash uchun qurol-yarog‘ yetkazish shartlarini kuchaytirish borasida bosimga duch kelmoqda.

Isroil esa HAMASga qarshi davom etayotgan kurashi va Livandagi Hizbulloh guruhi bilan janglari uchun o‘zining jangovar harbiy samolyotlar parkini kuchaytirishga intilmoqda.

AQSh qonunchiligi Kongressni xorijiy harbiy texnikani sotish bo‘yicha yirik kelishuvlar haqida xabardor qilishni talab etadi. Qonunchilar, shuningdek, inson huquqlari buzilishi yoki boshqa xavotirlarga asoslanib bunday savdolarni bloklash huquqiga ega.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!