APL. 2023/24 yilgi mavsumda eng ko‘p golli vaziyat yaratgan futbolchilarni bilasizmi?

APL. 2023/24 yilgi mavsumda eng ko‘p golli vaziyat yaratgan futbolchilarni bilasizmi?

"Manchester Siti", "Liverpul" va "Arsenal" yulduzlari joriy mavsumning eng kreativ futbolchilari bo‘lib turishibdi. Garchand Kevin De Bryuyne mavsumning katta qismini o‘tkazib yuborganiga qaramay, uning o‘rniga yangi-yangi nomlar paydo bo‘ldi. Aynan ular katta maydonda o‘zini ko‘rsatmoqda. Quyida APLda ko‘p imkon yaratish borasidagi yetakchilarni bilib olasiz.

8. Muhammad Saloh – 47 ta

Saloh hozirga qadar nafaqat "Liverpul"ning to‘purari, balki eng ijodkor vakiliga aylanib ulgurdi. U 8 ta assist qayd etib, bu borada Olli Uotkinz bilan birga eng yaxshi natija qayd etib turibdi. Saloh o‘rtacha olganimizda, har 79.2 daqiqada bir golda ishtirok etmoqda.

7. Martin Edegor – 47 ta

Siz aytishiningiz mumkinki, Edegor oxirgi paytlarda o‘zining eng yaxshi formasida emas. Ammo shunday holda ham norvegiyalik eng yaxshi kreativ futbolchilar orasida bo‘lib turibdi. Edegor 47 ta vaziyat yaratdi. Ammo 3 tagina assist qayd etdi. Bunday nomutanosiblikni faqatgina "Arsenal" hujumchilarining omadsizligi bilan izohlash mumkin.

6. Xulian Alvares – 48 ta

Bu mavsumda Alvares asosiy tarkib vakiliga aylana oldi. U "shaharliklar" uchun yarim himoyachi, Xolandsiz davrlarda esa markaziy hujumchi vazifasini bajarib bermoqda. Argentinalikning to‘pni qizg‘onmasligi unga 12 ta golda qatnashishga yordam berdi. Ulardan 6 tasi gol, 6 tasi esa assist.

5. Trent Aleksander-Arnold – 49 ta

Aleksander-Arnold gibrid yarim himoyachiga aylanganidan beri yanada yaxshilandi. 49 ta imkoniyat yaratishni hamma ham eplay olmaydi. Yana qanot himoyachisi bo‘la turib...

4. Bukayo Saka – 54 ta

Saka "Arsenal" bu mavsumda urgan gollarning 28 foizida qatnashgan. Bu degani u har o‘yinda o‘rtacha 2.7 ta imkoniyat yaratayotganini anglatadi. To‘pchilar hali ham APL chempionligi uchun kurashsa bo‘ladigan pozisiyada ketmoqda. Bunda Saka muhim o‘rin egallaydi. Uning o‘yini chiqsa, Arteta jamoasiga ham yaxshi bo‘ladi.

3. Kiran Trippyer – 54 ta

Trippyer "Atletiko"dan olib kelingan edi. 2021 yildan beri u APLning eng yaxshi futbolchilari qatorida e’tirof etilmoqda. 33 yoshli futbolchi "Nyukasl" safida 88 ta bahsda 18 ta assist va son-sanoqsiz imkoniyatlar yaratdi. Bu mavsumda esa 54 ta imkoniyat aynan ingliz himoyachisi tomonidan yaratilgan.

2. Brunu Fernandesh – 55 ta

"MYu"ning ishlari unchalik ham yaxshi emasligiga qaramasdan, Fernandesh o‘z vazifasini zo‘r bajarmoqda. Masalan, u so‘nggi 2 ta o‘yinda xA (expected Assists) bo‘yicha ligadagi eng yaxshisi bo‘lib turibdi. Portugaliyalik amalda faqatgina 3 tagina assist qayd etgani, uning muammoasi emas. Balki butun jamoanikidir.

1. Paskal Gross – 55 ta

"Brayton"ning ishlari bu mavsumda ham yomon ketmayapti. Bunda Grossning o‘rni beqiyosdir. Yarim himoyachi APLda 6 ta assist qayd etdi. U o‘rtacha har bir o‘yinda 2.9 ta vaziyat yaratmoqda. Germaniya terma jamoasi a’zoning katta klublar e’tiboriga tushgani ham bejiz emas.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!