Angliyada hovli o‘z daryosi bilan birga sotuvga qo‘yildi

Angliyada hovli o‘z daryosi bilan birga sotuvga qo‘yildi

 

 

 

Angliyaning Vustershir grafligida XVII asrga oid tarixiy yer-mulk sotuvga qo‘yildi. Bundan tashqari, bo‘lg‘usi egasi o‘z daryosi hamda ovchilik va baliqchilik lisenziyasini qo‘lga kiritadi. Bu haqda «Daily Mail» xabar bermoqda.

 

Kingswood House hovli-joyi 1,95 million funt sterling (taxminan 29 milliard so‘m)ga baholanmoqda. Dang‘illama hovli bir necha marta qayta qurilgan va zamonaviylashtirilgan. Hozirda beshta yotoqxona, to‘rtta mehmonxona va to‘rtta hammom mavjud.

 

Shuningdek, uyda o‘choqxona, oshxona, kiyinish xonasi va shaxsiy idora mavjud. Chordoqda buyumlarni saqlash uchun maxsus joy tashkil etilgan. Shuningdek, ichki hovli bo‘lib, undan ko‘plab suv havzalari va dam olish joylaridan iborat bog‘-rog‘lar ko‘rinib turadi.

 

Hovliga tutash hududda kottejga aylantirilgan ikkita shiypon mavjud. Ular ijaraga berishga mo‘ljallangan bo‘lib, bu uy egalarini qo‘shimcha daromad bilan ta’minlaydi.

 

Uy atrofini 6,3 gektar o‘rmonzor va qishloq bog‘lari qurshab olgan. Dam olish uchun ko‘plab joylar ko‘zda tutilgan, bolalar uchun mo‘ljallangan ko‘ngilochar tepaliklar, belanchak va batut o‘rnatilgan. Shuningdek, yer-mulkda katta avtoturargoh hamda jakuzili ayvoncha bor.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!