Andijonda yuz bergan avtohalokat oqibatida jabrlanganlardan yana biri vafot etdi

 Andijonda yuz bergan avtohalokat oqibatida jabrlanganlardan yana biri vafot etdi

❗️Shu yil 26 noyabr kuni A-373 Toshkent-O‘sh-Andijon avtomagistralining 389-390-kilometrlari oralig‘ida "Isuzu" avtobusi va “Fura” yuk mashinasi to‘qnashib ketgani haqida xabar bergandik.

🚑 Ushbu yo‘l-transport hodisasi oqibatida 3 nafar fuqaro voqea joyida vafot etgani, 38 nafar yo‘lovchi turli jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilgani aytilgandi.

✅ Ayni paytda Sog‘liqni saqlash vazirligi nazoratida bo‘lgan ushbu bemorlardan 4 nafariga tibbiy xulosalar ijobiy bo‘lgani uchun ambulator sharoitda davolanish uchun uyiga ruxsat berildi.

❌ Achinarlisi, o‘ta og‘ir ahvoldagi yana bir nafar bemor amalga oshirilgan reanimasion choralarga qaramasdan vafot etdi.

🔬Ushbu fuqaro shifoxonaga "Bosh miyaning og‘ir darajada lat yeyishi. Miya o‘zagi shikastlanishi. Qorin bo‘shlig‘i a’zolari yopiq jarohati. Jigar segmentlarining ezilib yorilishi. Chap bilak suyagining ochiq sinib siljishi. O‘ng boldir sohasi old yuzasi va o‘ng qo‘l tirsak sohalarining 2-darajali kuyishi. 3-darajali travmatik shok" tashxisi bilan olib kelingan edi. Unda belgilangan standartlar bo‘yicha barcha zarur amaliyotlar o‘tkazilgan.

📹 Hozirda 33 nafar bemorda shifokorlar zarur muolajalarni davom ettirmoqda.

📌 Nazoratda turgan bemorlarning 11 nafari RSHTYOIM Andijon filialida, 16 nafari Asaka tumani, 4 nafari Bo‘ston tumani, 2 nafari Shahrixon tumani shoshilinch tibbiy yordam bo‘limlarida davolanmoqda.

❗️Ushbu bemorlarning 1 nafari o‘ta og‘ir, 5 nafari og‘ir ahvolda. Sog‘liqni saqlash vazirligi ularning holatini to‘liq nazoratga olgan bo‘lib, bemorlar zarur tibbiy yordam va dori-darmonlar bilan to‘liq ta’minlangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!