Andijonda ichkilikka ruju qo‘ygan er xotinini urib o‘ldirdi

Andijonda ichkilikka ruju qo‘ygan er xotinini urib o‘ldirdi

Paxtaobod tumanida yana bir mudhish voqea yuz berdi. Tumandagi fermer xo‘jaliklaridan birining rahbari uzoq yillardan buyon umumta’lim maktabida o‘qituvchi bo‘lib ishlab kelayotgan turmush o‘rtog‘ini urib o‘ldirdi.

Tergovoldi surishtiruv ishlari davom etayotganligi sababli aniq manzil va ism-shariflar haqida aniq ma’lumot bera olmaymiz.

Ma’lum bo‘lishicha, oila o‘rtasidagi mudhish voqeaga o‘zaro kelishmovchilik, xususan, erning spirtli ichimlik ichishga moyilligi sabab bo‘lgan.

Ya’ni, ikki farzandning otasi bo‘lmish oila boshlig‘i mudhish voqea yuz bergan kuni o‘z xonadonida spirtli ichimlik iste’mol qilmoqchi bo‘lgan. Bundan dili ranjigan ayol e’tiroz bildirgan va buning o‘rniga qishki mavsumga tayyorgarlik ko‘rishga chaqirgan. Ichkisi kelib turgan erkak esa xotinini aroq shishasi va temir parchasi bilan urib (savalab), tanasining turli qismlariga 72 ta tan jarohati yetkazgan. Ko‘p miqdorda olingan tan jarohatlari oqibatida ayol voqea joyida hayotdan ko‘z yumgan. Ichkilikka ruju qo‘ygan oila boshlig‘i ayni paytda Paxtaobod tuman prokuraturasida ko‘rsatma bermoqda.

Xalq so‘zi Online” mazkur voqea yuzasidan surishtiruv olib bormoqda va batafsil ma’lumot beriladi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!