Anadolu: Istanbulda ta’mirlash ishlari uchun yopilgan tungi klub yong‘in yuz berdi

Anadolu: Istanbulda ta’mirlash ishlari uchun yopilgan tungi klub yong‘in yuz berdi

Istanbulda ta’mirlash ishlari uchun yopilgan tungi klub yong‘in yuz berdi. 29 kishi halok bo‘ldi, bir kishi jarohat oldi.

Yong‘in 2 aprel kuni tushdan keyin Beshiktosh hududidagi 16 qavatli turar-joy binosi yerto‘lasida joylashgan klubda ta’mirlash ishlari olib borilayotgan vaqtda sodir bo‘lgan. Yong‘inni o‘chirishga 31 ta o‘t o‘chirish mashinasi va 86 nafar qutqaruvchi jalb etilgan.

Yong‘in nima sababdan sodir bo‘lgani hozircha aniq emas. Mahalliy hokimiyatning dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, halok bo‘lganlar klubda ishlagan qurilishchilar bo‘lgan.

Turkiya Ichki ishlar vazirligi yong‘in yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilayotganini ma’lum qildi. Olti kishi hibsga olingan, ular orasida muassasa rahbari ham bor. Voqea joyiga Istanbul hokimi Ekrem Imomo‘g‘li, shuningdek, viloyat gubernatori Dovut Gul yetib kelgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!