Ana xolos! «Sputnik V» bilan emlanganlar AQShga kiritilmasligi mumkin

Ana xolos! «Sputnik V» bilan emlanganlar AQShga kiritilmasligi mumkin

Koronavirusga qarshi Rossiyaning «Sputnik V» vaksinasi bilan emlangan xorijliklarning AQSh hududiga kirishi taqiqlanishi mumkin, deya yozadi The Washington Post. Qayd etilishicha, AQShga bormoqchi bo‘lgan chet elliklar Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti yoki Amerikaning Oziq-ovqat va dori-darmon nazorati boshqarmasi (FDA) ma’qullagan preparatlar bilan emlangan bo‘lishi zarur.

Oziq-ovqat va dori-darmon nazorati boshqarmasi Pfizer, Moderna, Johnson&Johnson kabi AQSh vaksinalariga ruxsat bergan bo‘lsa, JSST ularga qo‘shimcha ravishda Yevropaning AstraZeneca, Xitoyning Sinofarm va Sinovas, Hindistonning Serum Institute of India vaksinalariga ruxsat bergan. JSST ishlab chiqarishdagi kamchiliklar tufayli “Sputnik V” vaksinasini tasdiqlash jarayonini to‘xtatib qo‘ygan.

O‘tgan haftada AQSh hukumati noyabr oyidan boshlab koronavirusga qarshi to‘liq emlangan xorijliklarga mamlakatga uchun ruxsat berishni e’lon qilgan edi. Emlanmaganlarning mamlakatga kirishini taqiqlash rejalashtirilmoqda.

Hozircha AQShga havo yo‘llari orqali koronavirusga manfiy test topshirgan yoki COVID-19 ga chalinib tuzalganligi to‘g‘risida ma’lumotnomasi borlar kirishiga ruxsat etilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!