Ana xolos! Maktablarda ishqiy-romantik munosabatlarga yo‘l qo‘yilmaydi

Ana xolos! Maktablarda ishqiy-romantik munosabatlarga yo‘l qo‘yilmaydi

Yaponiya maktablarida boshqa davlatlarda uchramaydigan qoidalar mavjud. Ular boshqalardan shu jihati bilan ajralib turishadi. Bu haqda uz24.uz nashri yozmoqda.

1. Maktablarda ishqiy-romantik munosabatlarga yo‘l qo‘yilmaydi.

2. Yapon maktabi o‘quvchisi maktab bufetiga kirmaydi. Sinfxonalarga davlat tomonidan uyushtirilgan ovqatlar olib kelinadi va o‘quvchilar ularning hammasini yeyishga majbur hisoblanadi.

3. Yapon maktablarida yozgi kanikul berilmaydi. 5 haftalik kanikullar o‘quv yili davrida beriladi va o‘sha davrda ham o‘qituvchilar o‘quvchilar bilan muttasil shug‘ullanib keladi.

4. Maktabda farrosh yo‘q, bu vazifani o‘quvchilarning o‘zi bajaradi. Shuning uchun ham o‘quvchilar hech qayerga ortiqcha narsalar tashlamaslikka va maktabni iflos qilmaslikka harakat qiladilar.

5. O‘quvchilarga turli-tuman soch turmaklari va lak-bo‘yoqlar qat’iy taqiqlangan.

6. Yapon bolalari boshlang‘ich sinfdan keyin forma kiyishga o‘tishadi.

7. Har bir yapon o‘quvchisi suzishni bilishi shart. Maktablarda tashkil etilgan basseynlarda hammaga suzish darslari o‘tiladi va ular bu san’atni juda yaxshi egallagan bo‘lishlari kerak. Sinovdan o‘ta olmagan o‘quvchi boshqa o‘qituvchida qaytadan mashg‘ulotlarni o‘tib, keyin takroriy sinovdan o‘tkaziladi.

8. Maktabda bir o‘quvchining o‘z iqtidori bilan alohida ajralib turishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Iqtidorsiz o‘quvchining o‘zi yo‘q degan tushuncha yapon ta’lim tizimida ustuvor. Yapon maktabi har bir o‘quvchini teng va betakror deb biladi va ularni har taraflama tayyorlashga yo‘naltirilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!