Ana xolos! Karachidagi aviahalokat sabablari uch oydan so‘ng oydinlashadi

Ana xolos! Karachidagi aviahalokat sabablari uch oydan so‘ng oydinlashadi

Pokiston hukumati Karachidagi avariya bo‘yicha tergovni tarkibida fransiyalik va germaniyalik Airbus mutaxassislari bo‘lgan maxsus komissiyaga topshirdi.

Aviasiya vaziri G‘ulom Sarvar Xon sud jarayoni shaffof bo‘lishini va uch oy ichida yakunlanishini va’da qilmoqda.

Samolyot qulagan hududda yashovchi aholi vakillari uylariga qaytib, o‘sha kungi qulash voqeasini va undan qanday qilib qochib ketganliklarini esladi: "Hammayoqni qop-qora tutun qoplagandi. Bu to‘satdan sodir bo‘ldi. Qancha vaqt yashirinib turganimizni bilmayman. Biz qutqaruvchilarni kutardik. 40-50 daqiqadan so‘ng ular kelib bizni qutqardi. Hammasi juda qo‘rqinchli edi".

Eslatib o‘tamiz, 22 may kuni “Pakistan International Airways”ga tegishli Airbus A320 Lahordan Karachiga ichki reysni amalga oshirgan. Lahordan Karachiga parvozni amalga oshirgan samolyot bortida 99 kishi bo‘lgan: 91 nafar yo‘lovchi va 8 nafar ekipaj a’zosi. Yo‘lovchilardan ikki kishi omon qoldi. Samolyot Karachidagi «Jinna» aeroportiga qo‘nishi belgilangan vaqtdan bir daqiqa oldin halokatga uchragan. Samolyot yerga qulashidan bir daqiqa avval uchuvchi va dispetcher o‘rtasida aloqa uzilgan. Pakistan International Airways avikompaniyasi rahbari Arshad Malikning xabar qilishicha, halokatdan oldinroq uchuvchi ikkita dvigatel ishlamay qolgani haqida xabar bergan.

Taxminlarga ko‘ra, halokatga samolyotdagi texnik nosozlikdan tashqari uning havoda qushlar galasi bilan to‘qnashgani ham sabab bo‘lgani ehtimoldan xoli emas.

Ma’lum bo‘lishicha, aviahalokat oqibatida qurbon bo‘lgan 97 yo‘lovchining yaqinlari «Pokiston xalqaro havo yo‘llari» kompaniyasidan 1 million rupiya miqdorida kompensasiya olishadi. Yana 5,5 million rupiyadan sug‘urta kompaniyasi to‘lab beriladi. Umumiy hisobda har bir vafot etgan yo‘lovchining yaqinlari 6,5 million rupiyadan (taxminan 40 ming AQSh dollari) olishadi.

 

 

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!