Amerikalik erkak xot-dog yeyish bo‘yicha rekord o‘rnatdi

Amerikalik erkak xot-dog yeyish bo‘yicha rekord o‘rnatdi

AQShda xot-dog yeyish bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi. Chikagolik Patrik Bertoletti 10 daqiqada 58 dona yeb, o‘zining oldingi natijasini yangiladi.

Kuchli uchtalikda ikkinchi o‘rinni egallagan Jeffri Esper 53 ta, uchinchi o‘ringa loyiq ko‘rilgan Jeyms Uebb 52 ta hod-tog iste’mol qila olgan.

Qayd etilishicha, u musobaqada to‘qqiz yildan beri ishtirok etadi. O‘tgan yili Patrik Bertoletti bir xil vaqt ichida 55 ta kolbasa bulochkasini yutib yuborgan.

Musobaqa irlandiyalik Jim Myullen jasorat bilan 12 daqiqada 13 ta kolbasa yeyishidan boshlangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!