Amerika razvedkasi «Krokus» terrorchilar nishoni bo‘lishini oldindan bilmagan,- Seymur Xersh

Amerika razvedkasi «Krokus» terrorchilar nishoni bo‘lishini oldindan bilmagan,- Seymur Xersh

Amerika razvedkasi «Krokus» terrorchilar nishoni bo‘lishini oldindan bilmagan, dedi amerikalik jurnalist Seymur Xersh xabardor manbalarga tayanib.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ogohlantirish «ommaviy yig‘ilish» joyi haqida edi.

Avvalroq Amerikaning bir qator ommaviy axborot vositalari, jumladan, New York Times va Washington Post gazetalari AQSh rasmiylari Rossiyani Krokusda terakt tayyorlanayotgani haqida ikki hafta oldin ogohlantirgani haqida xabarlar chop etgan edi.

«RIA Novosti»ning Rossiya vakolatli agentligidagi manbasi ma’lum qilishicha, AQSh OAVlarida Vashington Rossiyani Krokusda teraktga tayyorgarlik ko‘rish haqida ogohlantirgani haqidagi ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!