Alloh bilan foyda beruvchi tijorat

Alloh bilan foyda beruvchi tijorat

Bir kuni safar asnosida samalyotda tijoratchi bir yigit bilan tanishib qoldim. Yuzidan nur taralib turar, doimo tabassum bilan savolimga javob berar edi. Suhbatimiz shu darajada samimiy bo‘ldiki, go‘yoki men u yigit bilan, u yigit esa men bilan ancha yillik do‘stday edik.

U yigitning kasbi quruvchi bo‘lib, asosan eski, qadimiy masjid va madrasalarni tamirlar ekan.

Suhbat asnosida meni xursand qilgan ish shundan iborat ediki. U suhbatdan to‘xtashi bilan Alloh taologa hamd, tasbeh va Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga tinimsiz salovat aytar edi. Shu qadar yaqin bo‘lib qolganimdan bemalol, iymanmay unga bir kecha kunduzda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga necha bor salovat aytasiz deb so‘radim. U menga tabassum ila, aslida bu ishimni riyo bo‘lib qolmasin deya aytishdan hayo qilaman. Biroq, men ham sizni Alloh uchun yaxshi ko‘rganimdan savolingizga javob beraqolay. Men bir kunda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga 1000 marotaba salovat aytaman. Har bir namozdan oldin va keyin 100 tadan deb, boshini egib jilmayib qo‘ydi.

Men uni ushbu javobidan so‘ng yanada Alloh uchun yaxshi ko‘rib qolib, zikrdan to‘sib qo‘ymay deya boshqa savolga tutmadim. Shu zahoti tafakkur qilishga sho‘ng‘ib, o‘zimga-o‘zim ushbu fikrlarni aytdim.

Ba’zi amaldorlar yoki dunyosi ko‘p tijoratchilarni ko‘rganimizda ularni dunyo va mol-mulk ortidan quvib, dunyoga qul bo‘lib, kunlik salovat, zikrlarni aytish uyoqda tursin, namozni tark qilgan yoki o‘z vaqtidan kechiktirib, parvo qilmaydilar. Yoki bo‘lmasam dunyo topayotib, halol-haromiga e’tibor bermay na yetimga yordam qilgan va na oxirati uchun ehson qilganini ko‘rmaysiz, eshitmaysiz. Demak, dunyo, mol-mulk egalari ham ikki toifa bo‘lar ekanda....

So‘ng xulosa qildim. Ey aziz do‘stim! Molingizni o‘zingizga podshoh qilib olmang, siz unga xodim emas, u sizga xodim bo‘lsin. Mol-dunyoyingizni qalbdan chiqarib cho‘ntagingizga soling. Agar molingiz sizga xizmat qilsa bu albatta yaxshidir. Lekin siz molingizga xizmat qilsangiz bu yomondir.

Ey Allohim dunyo beru, dunyoga muhabbatli qilma.

Manba: muslim.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!