Aliya Nazarboyeva sudda qozog‘istonlik tadbirkorlarga yutqazdi

Aliya Nazarboyeva sudda qozog‘istonlik tadbirkorlarga yutqazdi

Qozog‘iston sobiq prezidenti Nursulton Nazarboyevning qizi Aliya Nazarboyeva sud ishida qozog‘istonlik tadbirkorlarga yutqazdi. Bu haqda KazTAG xabar berdi.

Aliya Nazarboyeva o‘z advokatlari orqali Nurlan Bimurzin va Medgat Kaliyevni tuhmat uchun javobgarlikka tortish bo‘yicha ariza bergan. O‘tgan haftada sud huquqbuzarlik yo‘qligi sababli ishni tugatish to‘g‘risida qaror chiqardi, — dedi tadbirkor Bimurzin.

Fevral oyida tadbirkorlar Bosh prokuraturaga Aliya Nazarboyevani reyd uchun jinoiy javobgarlikka tortishni so‘rab murojaat qilgan.

Bizni qo‘llab-quvvatlagan barcha befarq bo‘lmagan fuqarolarga minnatdorlik bildirmoqchiman. Ayniqsa, katta ismlarga qaramay, qonuniy va adolatli qaror qabul qilgan sud tizimiga alohida tashakkur izhor etaman. Bizning arizamiz to‘rt oy davomida bir organdan boshqa organga yuborilgani bois ishning adolatli yakunlanishiga umid yo‘q, deb o‘ylagandik. Ishonchimiz komilki, Qozog‘iston Oliy sudi Ichki ishlar vazirligidan farqli o‘laroq, o‘tmishga emas, balki qonunga amal qiladi, — degan Bimurzin.

U 28 fevral kuni sherigi Kaliyev bilan Nazarboyeva va Rogova tomonidan reyd hujumi qurboniga aylangani haqida xabar bergan.

2003 yilda u (Aliya Nazarboyeva) o‘z ta’siridan foydalanib, yettita neft bazasi va 96 ta yonilg‘i quyish shoxobchasidan iborat 170 million dollarlik (2003 yil hisob-kitoblariga ko‘ra) biznesni egallab oldi. Bu uchun u ob’ektlarning sobiq egalariga qamoqxona va jismoniy zarar bilan tahdid qilgan. Tahdidlarini ishonarli qilish uchun u kun davomida Olmaota markazidagi biznes egalaridan birining otasini ochiqchasiga o‘g‘irlab ketgan va guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, odam o‘g‘irlashda huquq-tartibot idoralari xodimlari ishtirok etgan bo‘lishi mumkin, — degan tadbirkorlar.

Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!