Afsus! Bemorlarni davolayotgan hamshira qiz koronavirusga chalindi

Afsus! Bemorlarni davolayotgan hamshira qiz koronavirusga chalindi

Rossiyada, Krasnoyarskda koronavirusga chalingan bemorlarga qarayotgan hamshiraning o‘zi ham virus yuqtirdi.

Dastlabki test hamshiraning virusga chalinganini tasdiqladi, deb xabar berdi RIA Novosti.

Xabarga ko‘ra, bu yerda tibbiyot xodimi ilk bor virus yuqtirgan. Hamshira kasalxonada. Ahvoli o‘rtacha og‘ir. Dastlabki test ijobiy natija berdi. Endi keyingi tashxisni kutish kerak.

Avvalroq, koronavirus infeksiyasining tarqalishiga qarshi kurash bo‘yicha tezkor shtab Krasnoyarsk o‘lkasida kuniga to‘rtta tashxis tasdiqlangani haqida xabar bergan edi. Shunday qilib, Krasnoyarskda 12 ta koronavirus holati mavjud. Barcha bemorlarning ahvoli qoniqarli.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!