Afg‘on hukumati "Tolibon" joriy etayotgan qonunlardan xavotirda

Afg‘on hukumati "Tolibon" joriy etayotgan qonunlardan xavotirda

Mustaqil ma’muriy islohotlar va davlat xizmatlari komissiyasi rahbari Nader Naderining so‘zlariga ko‘ra, Afg‘onistonning 28 viloyatida 260 ta fuqarolik ob’ekti buzilib, 13 million afg‘on ishsiz qolmoqda.

Unga ko‘ra, "Tolibon" va Afg‘oniston hukumati o‘rtasida davom etayotgan mojaro tufayli 50 ming davlat xizmatchisi ishsiz qolgan va jami 112 loyiha to‘xtatilgan.

Naderi, shuningdek, toliblar mamlakatdagi aksariyat hududlarni egallab olganlaridan keyin ular tomonidan kiritilgan yangi qonunlardan xavotir bildirdi. Naderining ta’kidlashicha, yangi qonunlarda ayollarning o‘z uylarini qarindoshlarisiz tark etishi taqiqlanadi va erkaklarga hukumat uchun ishlashga ruxsat berilmaydi.

Afg‘oniston hukumatining Dohadagi muzokaralar guruhi a’zosi Nader Naderining aytishicha, toliblar uch oylik sulh evaziga qolgan 7000 mahbusni ozod qilishni talab qilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!