Abu Dabi aeroportida yo‘lovchilarning bosgan qadamlari elektr energiyasiga aylana boshlaydi

Abu Dabi aeroportida yo‘lovchilarning bosgan qadamlari elektr energiyasiga aylana boshlaydi

Yaqin Sharqdagi qadamlarni elektrenergiyasiga aylantirishga imkoniyat beruvchi ilk piyodalar o‘tish punkti Abu-Dabi aeroportida paydo bo‘ldi.

Arabian Business xabar berishiga ko‘ra, yuqori texnologiyali o‘tish maydoni 16 kvadrat metr bo‘lib, u birinchi va uchinchi terminallar o‘rtasida joylashgan.

Kundalik ravishda u yerdan qariyb 8 ming kishi o‘tadi.

Ishlab chiqariladigan elektr energiyasi o‘tish yo‘laklarini yoritishda ishlatiladi.

Buyuk Britaniya kompaniyasi tomonidan yaratilgan o‘tish qoplamasi, o‘zaro bir-biri bilan bog‘langan uchburchak panellardan iborat.

Elektr energiya ichki elektromagnit generatorlari tomonidan ishlab chiqariladi.

Manba: ufq. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!