+83. O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar 8000 nafardan oshdi

+83. O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar 8000 nafardan oshdi

2020 yil 29 iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 8031 (+83) nafarni tashkil etmoqda.
 
Yangi kasallanish holatlarining 47 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 32 nafari Toshkent shahrida (shundan 18 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 14 nafari aholi orasida), 4 nafari Jizzax viloyatida (barchasi aholi orasida) aniqlangan.
 
Ayni paytda yurtimizda 5329 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (66 foiz) sog‘aygan.
 
Hozirda mamlakatimizda 2680 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 19 nafari og‘ir, 6 nafari o‘ta og‘ir ahvolda.

Sog‘liqni saqlash vazirligi  
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!