73 041. Toshkentda yana 67 kishida koronavirus aniqlandi

73 041. Toshkentda yana 67 kishida koronavirus aniqlandi

2020 yil 30 noyabr coat 19:00 ga qadar O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 73 041 (+67) nafarni tashkil etmoqda. 

Yangi kasallanish holatlarining barcha 67 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

♻️Bugun ayni paytga qadar:
📌Andijon viloyatida 7 nafar,  
📌Jizzax viloyatida 3 nafar, 
📌Navoiy viloyatida 6 nafar,
📌Toshkent viloyatida 21 nafar, 
📌Toshkent shahrida 68 nafar bemor tuzaldi.

Shunday qilib, yurtimizda 70 303 (+105) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar tuzaldi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil qilmoqda.

Hozirda mamlakatimizda 2130 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Sog‘liqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!