31-o‘lim! Buxoroda koronavirusga chalingan 35 yoshli ayol vafot etdi

31-o‘lim! Buxoroda koronavirusga chalingan 35 yoshli ayol vafot etdi

G‘ijduvon tumanida yashovchi 35 yoshli ayol  D.SH. joriy yil 1 iyul kuni koronavirus infeksiyasiga gumon qilinib, Buxoro viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasining reanimasiya bo‘limiga yotqizilgan. 

Unga “Ikki tomonlama  pnevmoniya, o‘tkir nafas yetishmovchiligi 3-daraja, semizlik 2-daraja” tashxisi qo‘yilgan.

Shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan tezkor reanimasion muolajalarga qaramasdan bemor o‘tkir nafas va yurak yetishmovchiligidan vafot etdi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi 
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!