26 sentyabrdan poytaxtdagi 143-sonli avtobus o‘z ish harakatini "Toshkent INDEX" savdo majmuasidan boshlaydi

26 sentyabrdan poytaxtdagi 143-sonli avtobus o‘z ish harakatini "Toshkent INDEX" savdo majmuasidan boshlaydi

“Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmatining ma’lum qilishicha, 26 sentyabrdan boshlab Toshkent shahrida 143-sonli avtobus yo‘nalishi o‘zgartiriladi.

143-sonli “Toshkent imtihon markazi—Chilonzor MUM” avtobus yo‘nalishining harakati to‘g‘ri yo‘nalishda “Toshkent INDEXsavdo majmuasi”dan Sofdil, Qipchoq, M.Tursunzoda, Shokirariq, Yangi Sergeli yo‘li, Obihayot, Fayzli, Cho‘ponota, Bunyodkor shoh, Muqimiy, Chilonzor ko‘chalari orqali “Chilonzor MUM” bekatigacha, qaytishda “Chilonzor MUM” bekatidan Chilonzor, Cho‘ponota, Fayzli, Obihayot, Yangi Sergeli yo‘li, Shokirariq, M.Tursunzoda, Qipchoq, Sofdil ko‘chalari orqali “Toshkent INDEX savdo majmuasi”ga qadar harakatlanishi va yo‘nalishning ish tartibi soat 6:00 dan 21:30 gacha etib belgilangan.

Endilikda 143-sonli avtobus yo‘nalishi “Toshkent INDEX savdo majmuasi—Chilonzor MUM” deb nomlanadi. Ushbu yo‘nalishda ish kunlari 7 ta, shanba kuni 6 ta va yakshanba kuni 3 ta avtobus harakatlanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!