2020 yilda 50 nafar jurnalist o‘ldirilgan

2020 yilda 50 nafar jurnalist o‘ldirilgan

Ayni paytda Meksikada joriy yilda o‘ldirilgan yana bir jurnalistni so‘nggi yo‘lga kuzatishdi.

Xayme Kastanyo Sakarias Meksikada narkokartellardan biri tomonidan yollangan qotil tomonidan otib o‘ldirilgan navbatdagi qurbon bo‘ldi. Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yil hisobi bo‘yicha bu mamlakatda o‘ldirilgan o‘ninchi jurnalist. Bu borada Meksika boshqa davlatlar orasida o‘zining alamli rekordini o‘rnatdi.

“Chegara bilmas jurnalistlar” tashkiloti bergan ma’lumotlarga qaraganda, 2020 yilning 1 yanvaridan to shu kunga qadar 50 nafar jurnalist o‘ldirilgan. E’tiborli tomoni, qurbonlarning asosiy qismi harbiy harakatlar olib borilmayotgan mamlakatlar hissasiga to‘g‘ri keladi.

“Chegara bilmas reportyorlar” tashkilotining vakili Polin-Adis Mevelning aytishicha, garchi joriy yilda pandemiya muosabati bilan jurnalistlar tashqarida emas, asosan o‘z xonalarida ishlagan bo‘lishsa-da, o‘tgan yilgi ko‘rsatkich kamaymagan. Bu yil o‘ldirilgan jurnalistlarning 68 foizi tinch mamlakatlar hududida faoliyat olib borishgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, ular tayyorlagan materiallar kimlargadir ma’qul kelmagani bois, yollanma qotillar tomonidan xoinona o‘ldirilgan.

Qotilliklardan tashqari jurnalistlarga nisbatan polisiya tomonidan zo‘ravonlik ham ishlatilgan. Xususan AQShda bir qator norozilik namoyishlarini yoritish uchun kelgan reportyorlar ham polisiya tomonidan qo‘lga olingan. Shuningdek, joriy yilning avgust oyida Belarusda o‘tkazilgan Prezident saylovidan keyingi namoyishlarda ham jurnalistlar turli tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!