16 yoshli qiz sodir etgan YTHda 14 yoshli bola vafot etdi

16 yoshli qiz sodir etgan YTHda 14 yoshli bola vafot etdi

Joriy yilning 27 sentyabr kuni soat 20:00 larda, Toshkent shahar, Uchtepa tumani 35-uy qarshisida, 2004 yilda tug‘ilgan, haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmagan SH.N. “Spark” rusumli avtomobilni boshqarayotib, o‘zidan oldinda harakatlanib ketayotgan haydovchi, 1982 yilda tug‘ilgan I.A. boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli avtomobilni quvib o‘tayotgan vaqtida ushbu avtomashina bilan to‘qnashib, boshqaruvni yo‘qotgan va qarama-qarshi bo‘lakka o‘tib ketib, qarshisidan kelayotgan haydovchi, 1974 yilda tug‘ilgan A.M. boshqaruvidagi “Lasetti” rusumli avtomobil bilan to‘qnashgan.

Natijada, “Spark” rusumli avtomobil yo‘lovchisi 14 yoshli A.N. shifoxonaga olib ketilayotganda yo‘lda vafot etgan. Ushbu avtomobil haydovchisi 16 yoshli SH.N. va “Lasetti” rusumli avtomobil haydovchisi 46 yoshli A.M. tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB huzuridagi TB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam o‘limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!