1 iyundan oliy ma’lumotli bog‘cha tarbiyachilarining oyligi ko‘tariladi

1 iyundan oliy ma’lumotli bog‘cha tarbiyachilarining oyligi ko‘tariladi


Prezident Farmoniga muvofiq, 2024 yil 1 iyundan boshlab davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining oliy ma’lumotli pedagog xodimlarining bazaviy tarif stavkalari umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining tegishli pedagog xodimlari bazaviy tarif stavkalarining amaldagi miqdorlariga tenglashtiriladi.

Ma’lumot uchun, amaldagi qonunchilikda maktabgacha ta’lim tashkiloti o‘qituvchisi, tarbiyachi-metodist hamda tarbiyachi (bunda oliy ma’lumotli tayyorgarlik (5 yoshdan 6-7 yoshgacha) guruhi tarbiyachilari nazarda tutilmayapti) 1 mln 203 ming 660 so‘ng maosh olishi belgilangan.

Maktablarda oliy ma’lumotli boshlang‘ich va yuqori sinflari o‘qituvchilari esa 2 mln 90 ming 399 so‘m oylik oladi. Agar yuqorida keltirilgan Prezident Farmoni kuchga kirsa, bakalavr bosqichini tamomlagan bog‘cha tarbiyachilari 2 mln so‘mdan oshiqroq maosh olishlari mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!