1 apreldan yana ikki xildagi ma’lumotnoma DXM orqali beriladi

1 apreldan yana ikki xildagi ma’lumotnoma DXM orqali beriladi

1 apreldan yana ikki xildagi ma’lumotnoma davlat xizmatlari markazi orqali beriladi. Bu haqda bugun, 17 yanvar kuni Taraqqiyot strategiyasida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida xabar qilindi.

Adliya vazirligi tomonidan tashkil etilgan tadbirda, DXM mutasaddilari va OAV xodimlari ishtirok etishdi.

Ma’lum qilinishicha, Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 10 yanvardagi qaroriga muvofiq, 2020 yil 1 apreldan fuqarolarning Ruhiy kasalliklar bo‘yicha dispanser va Narkologiya dispanseri hisobida turish yoki turmaslik ma’lumotnomasi DXM va Yagona interaktiv davlat xizmatlari (YAIDX) portali orqali taqdim etiladi va shu sanagacha avtomatlashtirilgan elektron axborot tizimi ishlab chiqiladi. Ya’ni, 1 apreldan boshlab bu ma’lumotnomalarni dispanserlardan berish to‘xtatilib YAIDX portali orqali elektron tarzda berish yo‘lga qo‘yiladi.

“Avvallari shunday ma’lumotnomalarni olishda turli xil navbat kutish va sabr-toqatni talab qilardi. Hozirgi o‘zgarishlar esa bir, ikki oylab kutmasdan, uzog‘i bir kunda amalga oshiriladigan bo‘ldi”, - dedi Davlat xizmatlari agentligi Boshqarma boshlig‘i Mahmud Abdujaliyev.

Ma’lumot uchun, 2019 yil davomida DXM orqali 13 mln. ga yaqin murojaat ko‘rib chiqilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!