Kredit talabi 217,8 mlrd. so‘m bo‘lgan 455 nafar yoshlarning loyihalari moliyalashtirildi

Kredit talabi 217,8 mlrd. so‘m bo‘lgan 455 nafar yoshlarning loyihalari moliyalashtirildi

Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda “O‘zmilliybank” AJ axborot xizmati rahbari Zebo To‘xtayeva ma’lum qildi.

✅Yoshlar tadbirkorligi loyihalarini moliyalashtirish uchun Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi va O‘zmilliybank o‘rtasida 100 mln. AQSh doll. ekv.da mablag‘larni jalb qilish bo‘yicha Bosh Kelishuv imzolandi hamda kredit liniyasi ochildi.

✅Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘laridan unumli foydalanish maqsadida bugungi kungacha hududlarda yoshlar tomonidan amalga oshiriladigan jami loyiha qiymati 283,2 mlrd.so‘m.

✅Mazkur loyihalarni amalga oshirish hisobiga hududlarda 2 539 ta yangi ish o‘rinlari yaratilib aholining bandligi ta’minlandi.

✅Iqtisodiyot va Moliya vazirligi resurslari hisobidan uy-joyga muhtoj 563 nafar yosh oilalarga
169,1 mlrd.so‘m miqdorida imtiyozli ipoteka kreditlari ajratildi.

✅Bank tomonidan 2022-2024 yillar davomida 30 668 nafar yoshlarga 328,2 mlrd. so‘m miqdorida imtiyozli ta’lim kreditlari ajratildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!